Logo

O'zbekiston Senati Raisi va PI Bosh kotibi 2026 yil sentyabr oyida Samarqandda Yosh parlament a'zolarining 12-global konferensiyasini o'tkazish to'g'risidagi namunaviy bitimni imzoladilar

Oktabr 22, 2025. 19:54 • 46 soniya

97
O'zbekiston Senati Raisi va PI Bosh kotibi 2026 yil sentyabr oyida Samarqandda Yosh parlament a'zolarining 12-global konferensiyasini o'tkazish to'g'risidagi namunaviy bitimni imzoladilar

TOSHKENT, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida O'zbekiston parlamenti va Parlamentlararo ittifoq (PI) o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, kelgusidagi rejalar hamda parlamentlararo aloqalarni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkent deklaratsiyasining ijrosi, uning doirasida belgilangan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv chog'ida 2026-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida Yosh parlament a'zolarining 12-global konferensiyasini o'tkazish to'g'risidagi namunaviy bitim imzolandi.

Mazkur tashabbus O'zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan bo'lib, u yosh parlament a'zolari o'rtasida global muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Martin Chungong mazkur kelishuvni O'zbekiston va Parlamentlararo ittifoq o'rtasidagi ishonchli va samarali hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida e'tirof etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish