Logo

Qozon shahrida O'zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o'rtasidagi hamkorlik bo'yicha komissiyaning o'ninchi majlisi bo'lib o'tadi

Oktabr 15, 2025. 18:18 • 42 soniya

58
Qozon shahrida O'zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o'rtasidagi hamkorlik bo'yicha komissiyaning o'ninchi majlisi bo'lib o'tadi

TOSHKENT, 15-oktyabr. "Dunyo" AA/. Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O'zbekiston parlamenti delegatsiyasi bugun Tatariston Respublikasining Qozon shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, delegatsiya a'zolari O'zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o'rtasidagi hamkorlik bo'yicha komissiyaning o'ninchi majlisida ishtirok etadi.

Majlisda ikki mamlakat parlamentlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ta'lim, qishloq xo'jaligi, turizm va gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, tadbir doirasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi vakillari va Tatariston Respublikasi Turizm davlat qo'mitasi rahbarlari bilan uchrashuvlarini o'tkazish hamda Tatariston Respublikasining zamonaviy texnologik infratuzilmalari bilan tanishish ko'zda tutilgan.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish