Logo

Varshavada O'zbekiston va Polsha parlamentlari o'rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi

Oktabr 24, 2025. 19:17 • 44 soniya

59
Varshavada O'zbekiston va Polsha parlamentlari o'rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi

VARSHAVA, 24-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha parlamenti Senati Emigratsiya ishlari va xorijdagi polyaklar bilan aloqalar komissiyasi raisi Bogdan Borusevich bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar davomida O'zbekiston va Polsha parlamentlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, parlamentlararo guruhlarning faoliyatini kuchaytirish va keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat o'rtasida ko'p qirrali hamkorlik munosabatlari faol rivojlantirishda parlament instituti muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olib, investitsiya, eksport, transport, qishloq xo'jaligi, ilm-fan, madaniyat va turizm sohalarida o'zaro hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Bogdan Borusevich joriy yil sentyabr oyida O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va trizm masalalari qo'mitasi raisi bilan tashkil etilgan samarali uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish