O'zbekiston elchisi Slovakiya Prezidentiga ishonch yorlig'ini topshirdi
Mart 07, 2025. 10:47 • 35 soniya
• 1275
BRATISLAVA, 7-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Slovakiyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Baxtiyor Ibragimov ushbu mamlakat Prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorlig'ini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bratislavadagi "Grassalkovichlar" saroyida bo'lib o'tgan tantanali marosimdan so'ng o'tkazilgan muloqot chog'ida O'zbekiston va Slovakiya o'rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar so'nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichiga ko'tarilayotganini ta'kidlashdi. Shuningdek, joriy yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda salmoqli qo'shma tadbirlar belgilangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Ibragimov joriy yilning yanvar oyida Albaniya Prezidenti Bayram Begayga O'zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) sifatidagi ishonch yorlig'ini topshirgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg'iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
Kobulda birinchi O'zbekiston-Afg'oniston siyosiy maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi