Logo

O'zbekistonning birinchi elchisi Albaniya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Yanvar 31, 2025. 15:20 • 48 soniya

529
O'zbekistonning birinchi elchisi Albaniya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

TIRANA, 31-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Albaniya Prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Prezident qarorgohida bo'lib o'tgan tantanali marosimdan so'ng o'tkazilgan muloqot chog'ida O'zbekiston va Albaniya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Albaniya rahbari so'nggi yillarda O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi. 

Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, elchi Baxtiyor Ibragimov 2023-yil noyabr oyida Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.  Shuningdek, u 2023-yilda shtab kvartirasi Vena shahrida joylashgan YEXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to'g'risidagi shartnoma tashkiloti, XAEA kabi xalqaro tashkilotlardagi mamlakatimizning rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish