Logo

O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qatarga jo'nab ketdi

Noyabr 03, 2025. 19:29 • 23 soniya

192
O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qatarga jo'nab ketdi

TOSHKENT, 3-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo'nab ketdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston yetakchisi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Doha shahrida Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi.

Shuningdek, oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish