Logo

O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Dushanbega keldi

Oktabr 09, 2025. 16:12 • 23 soniya

222
O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Dushanbega keldi

TOSHKENT, 9-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O'zbekiston yetakchisi "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish