O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi
Oktabr 06, 2025. 19:45 • 25 soniya
• 119
TOSHKENT, 6-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Gabala xalqaro aeroportida O'zbekiston yetakchisini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli, Gabala tumani ijro hokimiyati rahbari Sabuhi Abdullayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari ertaga, 7-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rasmiy tadbirlarida ishtirok etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi