O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga jo'nab ketdi
Oktabr 09, 2025. 15:46 • 26 soniya
• 190
TOSHKENT, 9-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo'nab ketdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, O'zbekiston yetakchisi 9-10-oktabr kunlari Dushanbe shahrida bo'lib o'tadigan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etadi.
Tadbirlar kun tartibidan ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o'rin olgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi