15-16-noyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo'lib o'tadi
Noyabr 14, 2025. 10:36 • 52 soniya
• 202
TOSHKENT, 14-noyabr. /"Dunyo" AA/. 15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, shuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ustuvor sohalarda qo'shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari o'rin olgan. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Maslahat uchrashuvi yakunlariga ko'ra ko'p tomonlama hujjatlarning salmoqli to'plami qabul qilinishi kutilmoqda.
Mintaqa davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini o'tkazish tashabbusi O'zbekiston yetakchisi tomonidan 2017-yilning sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.
O'zbekistonning ushbu formatdagi raisligi davrida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi 20 dan ortiq yirik tadbirlar o'tkazildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi