Serbiya Prezidenti 28-31-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ladi
Oktabr 27, 2025. 19:20 • 42 soniya
• 241
TOSHKENT, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich 28-31-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o'tkaziladi, ularda O'zbekiston – Serbiya ko'p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.
Mashinasozlik, agrosanoat, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, raqamlashtirish, turizm va boshqa muhim yo'nalishlarda sheriklikni mustahkamlash masalalari diqqat markazida bo'ladi.
Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta'lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko'rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to'plamini imzolash ko'zda tutilgan.
Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi