3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo'lib o'tadi
Aprel 01, 2025. 18:54 • 2 daq
• 940
TOSHKENT, 1-aprel. /"Dunyo" AA/. 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tadigan sammit ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.
"Kelajakka sarmoya kiritish" shiori ostida o'tkaziladigan tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki rahbarlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqiladi.
Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va tovar ayirboshlashni ko'paytirish, innovatsiyalar, "yashil" energetika, tog'-kon, qishloq xo'jaligi, transport, logistika va raqamlashtirish sohalarida qo'shma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniyat, turizm, fan, ta'lim va boshqa ustuvor yo'nalishlarda faol almashinuvlarni davom ettirish masalalari diqqat markazida bo'ladi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar.
Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari 4-aprel kuni o'z ishini boshlaydigan Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi majlisida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, sammit doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazishi ko'zda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi