O'zbekiston va Qatar yetakchilari Doha shahrida strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
Noyabr 04, 2025. 13:33 • 47 soniya
• 164
TOSHKENT, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. Doha shahriga amaliy tashrif doirasida bugun O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston–Qatar strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va ko'p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qatar Amirini Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha ikkinchi Jahon sammiti tadbirlarining muvaffaqiyatli o'tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.
Turli darajalarda samarali muloqot va almashinuvlar olib borilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 45 foizga oshdi. Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo va madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanmoqda.
"Yashil" energetika, transport, geologiya, to'qimachilik, turizm, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa yo'nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi