Logo

O'zbekiston va Serbiya yetakchilari muzokaralar yakunida birgalikda daraxt ekdilar

Oktabr 28, 2025. 21:05 • 23 soniya

222
O'zbekiston va Serbiya yetakchilari muzokaralar yakunida birgalikda daraxt ekdilar

TOSHKENT, 28-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bilan Serbiya o'rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko'ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo'ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, faxriy mehmonlar xiyobonida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik hamda sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga mushtarak intilish ifodasi sifatida daraxt ekdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish