Logo

Lyublyana shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston va Sloveniya o'rtasida salmoqli hujjatlar to'plami imzolandi

May 22, 2025. 20:41 • 32 soniya

92
Lyublyana shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston va Sloveniya o'rtasida salmoqli hujjatlar to'plami imzolandi

TOSHKENT, 22-may. /"Dunyo" AA/. Bugun Lyublyana shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob Qo'shma bayonot imzoladilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo'lib o'tdi.

Bular:

- diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to'g'risida;

- ta'lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to'g'risida;

- transport va logistika sohasidagi hamkorlik to'g'risida;

- "aqlli" shaharlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik to'g'risida;

- standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to'g'risida;

- suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik to'g'risida;

- turizm sohasidagi hamkorlik to'g'risida bitimlar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish