O'zbekiston va Serbiya Prezidentlari muzokaralar yakunida Qo'shma deklaratsiyani imzoladilar
Oktabr 28, 2025. 20:17 • 48 soniya
• 185
TOSHKENT, 28-oktabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Qo'shma deklaratsiyani imzoladilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, yetakchilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to'plamini qabul qilish marosimi ham bo'lib o'tdi. Jumladan:
– Investitsiyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risida bitim;
– Iqtisodiy hamkorlik to'g'risida bitim;
– Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik to'g'risida bitim;
– Turizm sohasidagi hamkorlik to'g'risida bitim;
– Ta'lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to'g'risida bitim;
– Muhandislik, ilg'or texnologiyalar, sun'iy intellekt va turdosh sohalardagi hamkorlik to'g'risida bitim;
– Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to'g'risida bayonnoma;
– Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik bo'yicha 2026-2027-yillarga mo'ljallangan dastur;
– Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to'g'risida memorandum;
– Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik to'g'risida bayonnoma;
– Toshkent va Belgrad shaharlari o'rtasida sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risida bitim.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi