Logo

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo'yicha O'zbekiston va Finlyandiya o'rtasida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to'plami imzolandi

Oktabr 31, 2025. 19:44 • 46 soniya

284
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo'yicha O'zbekiston va Finlyandiya o'rtasida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to'plami imzolandi

TOSHKENT, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bugun Qo'shma bayonotni imzoladilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, yetakchilar huzurida turli yo'nalishlarda, shu jumladan:

­– savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;

– foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;

– geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;

– raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o'zaro bog'liqlikni rivojlantirishga ko'maklashish;

– ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;

– maktabgacha va maktab ta'limi tizimiga raqamli ta'lim platformasini joriy etish bo'yicha hamkorlik;

– ta'lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;

– raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta'lim salohiyatini oshirish;

– iqlim o'zgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar to'plamini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish