Logo

Italiya Bosh vaziri O'zbekiston Prezidenti hamrohligida Registon ansambli va "Boqiy shahar" majmuasi bilan tanishdi

May 28, 2025. 23:58 • 49 soniya

103
Italiya Bosh vaziri O'zbekiston Prezidenti hamrohligida Registon ansambli va "Boqiy shahar" majmuasi bilan tanishdi

TOSHKENT, 28-may. /"Dunyo" AA/. Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgach, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahridagi Registon maydonida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan, dunyoga mashhur Registon maydoni buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyatini aks ettiruvchi mamlakatimizning asosiy tashrif qog'ozidir. Majmuadagi Mirzo Ulug'bek, Sherdor va Tillakori madrasalari o'zining ulug'vorligi, boy tarixi va betakror me'morchiligi bilan yurtimiz mehmonlarida chuqur taassurot qoldirmoqda.

Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq shaharsozligi durdonasining qurilish tarixi, me'moriy yechimlari va bezaklarining o'ziga xos jihatlari, ushbu maskan bilan bog'liq muhim voqealar va shaxslar, shuningdek, o'zbek xalqining madaniy merosi haqida batafsil ma'lumot berildi.

So'ngra davlat rahbarlari "Silk Road Samarkand" xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog'ida bo'ldilar. Xalqimizning boy madaniy merosi, hunarmandchilik va amaliy san'atini aks ettiruvchi ko'rgazmalar tomosha qilindi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish