Logo

O‘zbekiston Prezidenti 11-12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Dekabr 11, 2025. 12:01 • 2 daq

319
O‘zbekiston Prezidenti 11-12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

TOSHKENT, 11-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, mamlakatimiz yetakchisi Turkmanistonning doimiy betarafligi eʼlon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil "Xalqaro tinchlik va ishonch yili" deb eʼlon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti forumning "Tinchlik va ishonch: barqaror kelajak yo‘lidagi maqsadlar mushtarakligi" mavzusida yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish