O'zbekiston Prezidenti 3-4-noyabr kunlari Qatarda bo'lib o'tadigan Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi
Noyabr 03, 2025. 11:42 • 2 daq
• 214
TOSHKENT, 2-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3-4-noyabr kunlari Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston yetakchisi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tadbir davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi mavjud tafovutlarni bartaraf etish, Ijtimoiy rivojlanish to'g'risidagi Kopengagen deklaratsiyasining maqsad va tamoyillariga sodiqlik, shuningdek, 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirish masalalari ko'rib chiqiladi.
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, milliy strategiyalarni takomillashtirish va jamiyatlarning barqarorligi, ijtimoiy adolatliligi va inklyuzivligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.
Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha Jahon sammiti davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, BMT tizimidagi tuzilmalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ekspertlar va ishbilarmon doiralar o'rtasidagi konstruktiv muloqot uchun muhim platforma bo'lishga qaratilgan.
Forumning asosiy maqsadi qashshoqlikka barham berish bo'yicha global sa'y-harakatlarni faollashtirish, to'liq va samarali bandlikka ko'maklashish, munosib mehnat sharoitlarini ta'minlash hamda zamonaviy tahdidlar va o'zaro bog'liqlik sharoitida ijtimoiy integratsiyani kengaytirishdan iborat.
Sammit yakunida barqaror va inklyuziv ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish borasida xalqaro sheriklikni yanada mustahkamlash hamda o'zaro kelishilgan yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan Doha deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi