O'zbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar
May 20, 2025. 21:31 • 29 soniya
• 167
TOSHKENT, 20-may. /"Dunyo" AA/. Budapesht shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bugun Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, shuningdek, yetakchilar huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan, Ekstraditsiya to'g'risidagi shartnoma, Iqlim o'zgarishi sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim, tabiiy ofatlarni boshqarish, ilm-fan va innovatsiyalar, tinch atom sohasida hamkorlik to'g'risidagi idoralararo kelishuvlar almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi