Logo

O'zbekiston Prezidenti Qirg'iziston Prezidentiga YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqandda ochilishi munosabati bilan yo'llagan tabrigiga javoban maktub yo'lladi

Noyabr 01, 2025. 10:33 • 52 soniya

201
O'zbekiston Prezidenti Qirg'iziston Prezidentiga YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqandda ochilishi munosabati bilan yo'llagan tabrigiga javoban maktub yo'lladi

TOSHKENT, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarovga uning Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishi munosabati bilan yo'llagan tabriknomasiga javoban maktub yo'llab, Qirg'iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegatsiyasini yuborgani uchun minnatdorlik izhor etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanaliga tayanib.

"Mazkur xalqaro forum so'nggi qirq yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida – qadimiy Samarqand shahrida o'tkazilayotgani Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati ekani, O'zbekistonning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori tobora oshib borayotgani haqidagi iliq so'zlaringiz biz uchun g'oyat qadrlidir.

Konferensiyada ilgari surilgan muhim tashabbuslar va qabul qilinadigan qarorlar ta'lim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, o'zaro do'stlik muhitini yana-da kuchaytirishi haqidagi fikrlaringizga ham to'liq qo'shilaman.

Aminmanki, o'rtamizdagi chin qardoshlik rishtalarining tobora mustahkamlanib borayotgani va bo'lajak oliy darajadagi muloqotlarimiz strategik sherikligimizni yuqori bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi", – deyiladi maktubda.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish