O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Bryusselga jo'nab ketdi
Oktabr 23, 2025. 16:21 • 32 soniya
• 237
TOSHKENT, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan bugun rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga jo'nab ketdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti Belgiya poytaxtida Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan muzokaralar o'tkazadi. Ko'p qirrali munosabatlarni yana-da rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston va YEI o'rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolanishi ko'zda tutilgan.
Bundan tashqari, Belgiyaliklar Qiroli Filipp hamda Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlarining vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi