Logo

O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi

May 08, 2025. 20:43 • 24 soniya

105
O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi

TOSHKENT, 8-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlatimiz rahbarini Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o'rinbosari Maksim Oreshkin va Hukumat Raisining birinchi o'rinbosari Denis Manturov kutib oldilar.

Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish