O'zbekiston Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi
Oktabr 27, 2025. 19:46 • 1 daq
• 187
TOSHKENT, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda AQSh Davlat kotibining o'rinbosari Kristofer Landau va boshqa rasmiy shaxslar ham ishtirok etdi.
O'zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarining joriy yil 23-sentyabr kuni Nyu-York shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida Serjio Gor davlatimiz rahbariga AQSh Prezidenti Donald Trampning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
Jadal siyosiy muloqot, turli darajalardagi almashinuvlar va faol ishbilarmonlik aloqalari yo'lga qo'yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, oktyabr oyi boshida AQSh Savdo palatasi delegatsiyasining tashrifi muvaffaqiyatli o'tdi.
Qabul qilingan "yo'l xaritasi" asosida sanoat, moliya, muhim minerallar, energetika, raqamlashtirish, qishloq xo'jaligi va boshqa ustuvor yo'nalishlardagi loyihalarni ilgari surish dolzarbligi ta'kidlandi.
Tomonlar xavfsizlik, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida sheriklikni mustahkamlash masalalarini ham muhokama qildilar.
Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bo'lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan kelgusi hafta Vashington shahrida "S5+1" formatidagi sammitni o'tkazish masalalari ko'rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi