O'zbekiston Prezidenti TDT Oqsoqollar kengashi raisini qabul qildi
Noyabr 12, 2025. 20:42 • 45 soniya
• 67
TOSHKENT, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun multimodal tashuvlar bo'yicha xalqaro forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O'zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Kengashning ko'p tomonlama tashabbuslarni muvofiqlashtirish va ilgari surishdagi o'rni hamda faol ishtiroki ortib borayotganini hisobga olib, tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Joriy yilda Budapesht va Gabala shaharlarida o'tgan TDT sammitlarida O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan strategik takliflarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Prezidentimiz Oqsoqollar kengashining institutsional salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, turkiy xalqlarning milliy an'analari, ma'naviy merosi va madaniy birligini saqlashga qaratilgan qo'shma loyihalarni ilgari surish bo'yicha "Yo'l xaritasi"ni ishlab chiqishni taklif etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi