Logo

O'zbekiston Prezidenti Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakilini qabul qildi

May 13, 2025. 19:25 • 40 soniya

84
O'zbekiston Prezidenti Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakilini qabul qildi

TOSHKENT, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Eduards Stipraysni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, YI maxsus vakili Yevrokengash Prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.


Joriy yil aprel oyida Samarqand shahrida o'tgan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik bo'yicha umumiy qiymati 12 milliard yevrolik aniq loyihalarni tez fursatda tayyorlash va ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.


Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo'lajak tadbirlar rejasi ko'rib chiqildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish