O'zbekiston Prezidenti YUNESKOning yangi saylangan bosh direktorini qabul qildi
Noyabr 12, 2025. 19:51 • 50 soniya
• 64
TOSHKENT, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori lavozimiga saylangan Holid al-Ananiyni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Samarqand shahrida bo'lib o'tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yakunlari va BMTning ushbu nufuzli instituti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Holid al-Ananiyni yuksak lavozimga saylangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
O'z navbatida, yangi saylangan bosh direktor O'zbekiston Prezidentiga tashkilotning bosh tadbiri qo'llab-quvvatlangani va yuksak saviyada tashkil etilgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
O'zbekiston va YUNESKO o'rtasida keng ko'lamli yo'nalishlarni qamrab olgan tizimli va sermahsul hamkorlik yo'lga qo'yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlarning hamkorlikni yanada faollashtirish, jumladan, tashkilotning mamlakatimizdagi loyihaviy faoliyatini kengaytirish borasidagi intilishi qat'iy ekani tasdiqlandi.
YUNESKO Bosh konferensiyaning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan strategik tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekani ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi