"Kelajak merosi" xalqaro mukofoti g'oliblari 10 ming dollarga ega bo'lishadi
Noyabr 05, 2025. 12:46 • 2 daq
• 247
TOSHKENT, 5-noyabr. /"Dunyo" AA/. 2025-yil 3-noyabr kuni O'zbekiston Prezidentining "Kelajak Merosi" xalqaro mukofotini ta'sis etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur hujjatga ko'ra, adabiyot, madaniyat, san'at, ilm-fan, ta'lim va raqamli texnologiyalar sohalarida yuksak natijalarga erishayotgan hamda milliy va umumbashariy qadriyatlar rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan mahalliy hamda xorijiy ijodkor va ziyolilarni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Bu yangi loyiha – "Kelajak Merosi" xalqaro mukofoti nafaqat
yutuqqa erishib, e'tirof etilish, balki O'zbekistonning qadimiy an'analar va innovatsion g'oyalar bilan uyg'unlashgan mamlakat sifatidagi xalqaro imijini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.
Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab har yili quyidagi yo'nalishlarda o'tkazib boriladi:
· adabiyot;
· madaniy meros;
· teatr va kino;
· musiqa va raqs;
· tasviriy va amaliy san'at;
· moda va dizayn;
· ilm-fan, ta'lim va raqamli texnologiyalar.
Xalqaro mukofotning har bir yo'nalishi bo'yicha g'oliblar statuetka, diplom va 10 ming dollar miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. G'oliblarga xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.
Ushbu qarorga ko'ra, tanlovning o'tkazish uchun "Kelajak merosi" xalqaro mukofoti kengashi tuziladi, uning tarkibi hamda asosiy vazifalari tasdiqlanadi. Madaniyat vazirligi kengashning ishchi organi etib belgilandi.
Tashqi ishlar vazirligi xalqaro mukofotni xorijiy mamlakatlarda keng ommalashtirishga va g'olib deb topilgan chet ellik ishtirokchilarning O'zbekistonga taklif etilishiga ko'maklashadi, shuningdek, ularga kirish vizalarini, zarur hollarda Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlarida rasmiylashtirishni ta'minlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi