Logo

O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi

Noyabr 15, 2025. 15:24 • 2 daq

230
O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi

TOSHKENT, 15-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, suhbat avvalida Ilhom Aliyev O'zbekiston yetakchisiga Maslahat uchrashuvida ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari, o'z navbatida, qardosh Ozarbayjon Prezidenti va xalqini joriy yil 8 oktyabr kuni nishonlangan G'alabaning besh yilligi bilan samimiy tabrikladi.

O'zbekiston Prezidentining shu yil iyul oyida Ozarbayjonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O'zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Barcha darajalarda samarali almashinuvlar davom etmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo'yicha qo'shma loyihalar faol pallaga kirgan.

Yetakchilar bo'lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko'rib chiqdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish