Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari "Kelajak merosi" xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdilar
Noyabr 15, 2025. 19:37 • 2 daq
• 131
TOSHKENT, 15-noyabr. /"Dunyo" AA/. Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari bugun "Kelajak merosi" xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidentining qarori bilan ta'sis etilgan xalqaro mukofot adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim va raqamli texnologiyalar sohalarida katta yutuqlarga erishgan yurtimiz va xorijiy ijodkorlarni rag'batlantirishga qaratilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon vakillari: Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Qirg'iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev "Adabiyot" nominatsiyasida, Tojikiston xalq shoiri Davlat Safarzoda "Madaniyat" nominatsiyasida, M.Avezov nomidagi Qozog'iston Milliy drama teatri aktyori Yerkebulan Dayirov "Teatr va kino" yo'nalishida, Ozarbayjon xalq artisti Alim Gasimov "Musiqa va raqs" nominatsiyasida, Turkmaniston xalq artisti Babasari Annamiradov "Tasviriy va amaliy san'at" yo'nalishida, O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz direktori o'rinbosari, qishloq xo'jaligi fanlari doktori Dilfuza Egamberdiyeva "Fan, ta'lim va raqamli texnologiyalar" nominatsiyasida tanlovning ilk g'oliblari bo'ldi.
Yetakchilar huzurida laureatlarga mukofot haykalchasi, diplom hamda 10 ming dollarlik pul mukofoti topshirildi.
Davlat rahbarlari sovrindorlar bilan suratga tushdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi