Logo

O'zbekiston va Finlyandiya Prezidentlari Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdilar

Oktabr 31, 2025. 20:32 • 23 soniya

95
O'zbekiston va Finlyandiya Prezidentlari Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdilar

TOSHKENT, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston–Finlyandiya sammiti yakunida Ko'ksaroy qarorgohida bugun daraxt ekish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdilar.

Marosim O'zbekiston va Finlyandiya o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga intilishning, ikki mamlakat va xalq o'rtasidagi do'stlik hamda o'zaro anglashuv mustahkamlanib borayotganining ramzi bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish