Logo

O'zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Oktabr 14, 2025. 16:57 • 38 soniya

200
O'zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 14-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning asosiy ko'rsatkichlari o'sish sur'atini saqlab qolish, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi kooperatsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratildi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san'at va ta'lim sohalarida, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash borasida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish