Slovakiya Prezidenti amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi
Oktabr 29, 2025. 23:53 • 25 soniya
• 285
TOSHKENT, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini bugun amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar o'tkaziladi, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Peter Pellegrini faxriy mehmon sifatida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi