Logo

"Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida Qozog'iston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

Noyabr 14, 2025. 17:42 • 29 soniya

139
"Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida Qozog'iston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 14-noyabr. /"Dunyo" AA/. "Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida bugun mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko'tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O'zbekiston va Qozog'iston davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Qasim-Jomart Toqayev va Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safi oldidan o'tib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini qutladilar.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 15-noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish