Logo

"Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi

Noyabr 14, 2025. 17:27 • 30 soniya

88
"Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 14-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgach, bugun davlat rahbarlari "Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida suhbat o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston – Qozog'iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15-noyabr kuni, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Sammit doirasida yirik qo'shma loyihalar ishga tushirilishi va ikki tomonlama hujjatlarning katta to'plami imzolanishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish