Logo

Ko'ksaroy qarorgohida Finlyandiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo'ldi

Oktabr 31, 2025. 17:36 • 29 soniya

159
Ko'ksaroy qarorgohida Finlyandiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo'ldi

TOSHKENT, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun Ko'ksaroy qarorgohida O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbni tantanali kutib olish marosimi bo'ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko'tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi.

O'zbekiston va Finlyandiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o'tib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Tantanali marosim yakunlangach, birgalikda suratga tushildi va delegatsiyalar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish