Logo

Oliy martabali mehmonlar Turkiya xalq amaliy san'ati va taomlari ko'rgazmasini hamda ijodiy jamoalarning teatrlashtirilgan chiqishlarini tomosha qildilar

Iyun 07, 2024. 10:11 • 48 soniya

117
Oliy martabali mehmonlar Turkiya xalq amaliy san'ati va taomlari ko'rgazmasini hamda ijodiy jamoalarning teatrlashtirilgan chiqishlarini tomosha qildilar

TOSHKENT, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. Anqaraga tashrif doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an va rafiqasi hamrohligida kecha Turkiya xalq amaliy san'ati va taomlari ko'rgazmasiga tashrif buyurdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, oliy martabali mehmonlarga xalq ijodi jamoalarining teatrlashtirilgan chiqishlari namoyish etildi. Madaniy almashinuvlar qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirish va do'stligini mustahkamlashda muhim o'rin tutishi qayd etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish