Logo

Buxoro biyennalesi o'z ishini boshlamoqda

Sentabr 06, 2025. 12:45 • 40 soniya

83
Buxoro biyennalesi o'z ishini boshlamoqda

TOSHKENT, 6-sentyabr. /"Dunyo" AA/. 2025-yilning 20-noyabriga qadar ko'hna Buxoroda "Parchalangan qalblar uchun malhamlar" birinchi zamonaviy san'at biyennalesi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Milliy g'ururimiz va davlatchiligimiz tayanchi bo'lgan Buxoro ilk biyennale — zamonaviy va amaliy san'at ko'rgazmasiga mezbonlik qilmoqda, - deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o'zining telegram-kanalida. - Birinchi Buxoro biyennalesi — bu bizning boy tariximiz, an'analarimiz va asrab-ardoqlab kelayotgan hunarmandchiligimiz namoyon bo'ladigan noyob manzildir.


Rassom va hunarmandlar, oshpaz va shoirlar qadimiy obidalarni navo, nafosat va milliy qadriyatlar ruhi bilan to'ldirmoqda.


Ushbu yirik tadbir jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg'otib, san'atni qadrlovchi va teran his qiluvchi makon sifatida yurtimiz mavqeini yanada oshiryapti hamda eng iste'dodli ijodkorlarni jalb etyapti.


Bu kabi nufuzli, xalqaro ahamiyatga molik loyihalar orqali O'zbekiston o'ziga xos brendga, cheksiz ijod va ilhom maskaniga aylanib borayotgani shubhasiz".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish