Logo

O'zbekiston diplomatlari Adigeya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazdi

Oktabr 31, 2025. 12:49 • 49 soniya

36
O'zbekiston diplomatlari Adigeya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazdi

MAYKOP, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Adigeya Respublikasida tahsil olayotgan va vaqtincha ishlayotgan talabalar bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Adigeya davlat universiteti rahbariyati va talabalar bilan uchrashuvda prorektor Susanna Tlexatuk bugungi kunda mazkur universitetda 50 nafardan ortiq o'zbekistonlik, asosan xorijiy tillar yo'nalishida tahsil olayotganini ta'kidladi.

Universitet hozirda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan.

Uchrashuvda talabalarga Yangi O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning har tomonlama jadal rivojlanib borayotgani hamda ta'lim sohasidagi yangiliklar haqida ma'lumot berildi.

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ona tilning ahamiyati haqida davra suhbati o'tkazildi.

Shuningdek, diplomatlar Maykop shahrida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar. Ularga Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, konsullik xizmatlari haqida ma'lumot berishdi. Qolaversa, mahalliy qonun-qoidalarni hurmat qilish va qat'iy rioya etish va turli oqimlardan uzoq yurish zarurligi ta'kidlab o'tildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish