O'zbekiston diplomatlari Sankt-Peterburgda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar
Oktabr 18, 2025. 11:21 • 41 soniya
• 20
SANKT-PETERBURG, 18-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Sankt-Peterburg davlat dengiz texnika universiteti rahbariyati va vatandosh talabalar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida universitet xodimlari asosiy ta'lim dasturlari va oliy ta'lim muassasasi tarixi haqida so'zlab berishdi.
Ta'lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari va o'zbekistonlik talabalarni qo'llab-quvvatlash masalalariga e'tibor qaratildi.
Tomonlar hamkorlik imkoniyatlari, jumladan, universitetning O'zbekistonda o'tkaziladigan ta'lim ko'rgazmalarida ishtiroki, o'zbekistonlik maktab o'quvchilarini ochiq eshiklar kuniga taklif etish, respublikadagi texnik oliy o'quv yurtlari bilan qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish masalalarni muhokama qildi.
Vatandosh talabalar bilan kechgan suhbatda Bosh konsulxona faoliyati haqida aytib o'tildi. Xususan xorijda ishlayotgan va ta'lim olayotgan yurtdoshlarimiz huquqlarini munosib himoya qilish qaratilgan vazifalar haqida ta'kidlandi.
Hamyurtlarimiz Bosh konsulxona bilan birgalikda madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish taklifini qo'llab-quvvatladilar.
Uchrashuv yakunida vatandosh talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga diplomatlardan batafsil javob olishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga