Logo

O'zbekistonlik yosh dizaynerning liboslari Londonda o'tayotgan nufuzli moda haftaligida e'tirof etildi

Iyul 03, 2024. 11:16 • 57 soniya

301
O'zbekistonlik yosh dizaynerning liboslari Londonda o'tayotgan nufuzli moda haftaligida e'tirof etildi

LONDON, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniya poytaxtida nufuzli "New Designers" xalqaro dizayn, to'qimachilik va moda ko'rgazmasi ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur xalqaro ko'rgazma Buyuk Britaniyadagi nufuzli haftalik bo'lib, unda yangi dizaynerlarining moda, to'qimachilik, mebel sanoati, dizayn, illyustratsiya va boshqa yo'nalishlardagi eng innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari taqdim etiladi.

Yarmarka 39 yillik ulkan tarix va tajribaga ega. Ko'rgazmaga har yili 3000 dan ortiq yosh dizayner va mutaxassislar o'zlarining eng sara loyihalarni keng jamoatchilikka taqdim etadi.

Tadbir sohaning yosh vakillari uchun uchun ahamiyatli va qulay platforma hisoblanadi.

Mazkur ko'rgazmada Kolchester universiteti markazi tadqiqotchisi, vatandoshimiz Zumrad Hamidova o'zining "Eco Couture" nomli asarlar to'plami bilan ishtirok etdi. Shuningdek, u dizayn yo'nalishida "Sanderson" mukofoti g'olibi bo'ldi.

"Sanderson" mukofoti Buyuk Britaniyaning "Sanderson Design Group" kompaniyasi tomonidan ta'sis etilgan bo'lib, mukofot doirasida g'olibga mazkur tashkilotda 12 oy davomida amaliyot o'tash imkoniyatini beriladi.

Zumrad Hamidova kolleksiyasida turli xil texnikalardan, jumladan, qo'lda gul solish, raqamli bosib chiqarish, milliy kashta chizgilari va ekologik toza matolardan keng foydalanilgan.

"New Designers" xalqaro dizayn, to'qimachilik va moda ko'rgazmasi 6-iyulgacha davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish