Logo

Xorazmlik o'quvchilar Turkmanistonda o'tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida ikkita oltin, ikkita kumush va beshta bronza medalini qo'lga kiritishdi

Mart 30, 2024. 13:42 • 38 soniya

187
Xorazmlik o'quvchilar Turkmanistonda o'tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida ikkita oltin, ikkita kumush va beshta bronza medalini qo'lga kiritishdi

ASHXOBOD, 30-mart. /"Dunyo" AA/.  Turkmanistonning Arkadag shahrida buyuk turkman shoiri Maxtumquli Firog'iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida O'zbekiston vakillari sovrinli o'rinlarni egallashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bilimlar bellashuvida Turkmaniston, Ozarbayjon, Bolgariya, Belarus, Eron, Qozog'iston, Xitoy, Qatar, Tojikiston, Turkiya va Rossiyadan o'quvchilar ishtirok etishdi. O'zbekiston sharafini esa Xorazm viloyatida jamoasi himoya qildi.

Matematika fanining 120 dan ortiq yosh bilimdonlari o'rtasida kechgan murosasiz intellektual bellashuvlar davomida, olimpiada hakamlari hay'ati qaroriga ko'ra, vatandoshlarimiz ikkita oltin, ikkita kumush va beshta bronza medalini qo'lga kiritishdi.

O'zbekistonlik o'quvchilar ko'rsatgan yuqori natijalar olimpiada tashkilotchilari va musobaqada ishtirok etgan davlatlar delegatsiyalarining e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish