Buyuk Britaniyadagi O'zbekiston talabalari ittifoqi faoliyati tahliliy ko'rib chiqildi
Oktabr 29, 2025. 08:29 • 36 soniya
• 73
LONDON, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Yurtimiz elchixonasida Buyuk Britaniyadagi O'zbekiston talabalari ittifoqi (UZSU) mas'ullari bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Buyuk Britaniyada ta'lim olayotgan O'zbekiston fuqarolari va "El-yurt umidi" fondi stependiatlari ishtirok etdi.
Muloqot chog'ida yosh vatandoshlarimizning ijodiy, intellektual va professional salohiyatini ro'yobga chiqarish hamda ularning O'zbekiston bilan aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi va UZSU faoliyati tahlil qilindi.
Ta'kidlanishicha, UZSU o'ttgan vaqt davomida "Markaziy Osiyo yoshlari alyansi birinchi sammitini Londondagi "King's College" universitetida tashkil qildi. Germaniya va Italiyada o'z filiallari faoliyatini yo'lga qo'ydi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida, vatandosh talabalar birlashmasi bilan hamkorlikni mustahkamlash va Buyuk Britaniyada O'zbekiston manfaatlarini birga ilgari surish taklifi qo'llab-quvvatlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga