Logo

Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimiz O'zbekistonga olib kelindi

Noyabr 02, 2025. 14:22 • 42 soniya

98
Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimiz O'zbekistonga olib kelindi

NOVOSIBIRSK, 2-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Migratsiya agentligi vakillari bilan hamkorlikda mushkul vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimizga Vatanga qaytishda navbatdagi amaliy yordamni ko'rsatdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Og'ir turmush sharoitiga tushib qolgan ona va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandi O'zbekistonga qaytarildi. Ayol avvalroq xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan, uning farzandlari esa Novosibirskdagi ijtimoiy muassasalardan birida Bosh konsullikning qat'iy nazorati ostida bo'lgan.

Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakillarining tezkor harakatlari natijasida ikki kun ichida oilani O'zbekistonga qaytishi bilan bog'liq barcha tashkiliy va hujjatli masalalar hal etildi. Shuningdek, aviachiptalar xarid qilinib, oila aeroportgacha kuzatib qo'yildi.

Voyaga yetmagan bolalar mehribonlik uyidan Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelingan va u yerda o'z onasi bilan uchrashgan.

Yurtdoshlarimiz Novosibirsk-Toshkent aviareysida O'zbekistonga jo'nab ketdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish