Ombudsman Moskvadagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo'lgan yurtdoshlarimiz holidan xabar oldi
Oktabr 23, 2025. 11:00 • 31 soniya
• 34
MOSKVA, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiyaga tashrifi doirasida Moskva shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ombudsman taklifiga ko'ra, markazda saqlanayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlar o'tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi.
Tashrif chog'ida fuqarolarning Rossiya qonunchiligida belgilangan muddatlardan ortiqcha saqlanmayotgani aniqlandi. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan hollarda, ichki ishlar organlari va O'zbekiston elchixonasi o'rtasida hujjatlashtirish ishlari tegishli darajada yo'lga qo'yilgani qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga