Sankt-Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bolalar O'zbekistonga qaytarildi
Oktabr 10, 2025. 11:55 • 45 soniya
• 234
SANKT-PETERBURG, 10-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko'magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog'isiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan vatandoshlarimiz O'zbekistonga olib kelindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistondan kelgan ishchi guruh 10 kun davomida barcha kerakli hujjatlarni yig'di. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va bolalar uchun "Tranzit" ijtimoiy boshpanasiga yetkazildi.
Voyaga yetmagan bolalardan biri uch yildan beri onasidan ayro tarzda, otasi bilan yashab kelgan. Otasi uni onasidan noqonuniy ravishda olib qo'ygan. Bolaning oilasi uning hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan ijtimoiy noqulay muhitni boshdan kechirgan.
Bosh konsulxona xodimlari va mutasaddi tashkilotlar xodimlari bolaning yashash joyida bo'lib, voyaga yetmagan hamyurtimizni O'zbekistonga qaytarish choralarini ko'rdilar.
O'zbekiston Bosh konsulxona tomonidan Rossiya hududlarida qarovsiz qolgan olti nafar bolaning Vatanga qaytishi uchun tegishli guvohnomalar rasmiylashtirildi. Diplomatlarimiz hamyurtlarimizni Sankt-Peterburg-Toshkent aviareysi bilan O'zbekistonga kuzatib qo'ydilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga