Logo

Pokiston OAV: O'zbekiston tashabbusi bilan 2027-2036 yillar butun dunyoda o'rmonlarni ko'paytirish va qayta tiklash bo'yicha harakatlar o'n yilligi deb e'lon qilindi

May 09, 2025. 11:10 • 2 daq

71
Pokiston OAV: O'zbekiston tashabbusi bilan 2027-2036 yillar butun dunyoda o'rmonlarni ko'paytirish va qayta tiklash bo'yicha harakatlar o'n yilligi deb e'lon qilindi

ISLOMOBOD, 9-may. /"Dunyo" AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy madaniy-gumanitar va xalqaro doiradagi hayotiga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilinmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, "Pakistan Today" jurnali, "Daily National Courier", "Regional Times" gazetalari, "Imroze Pakistan", "JeeVey Pakistan""The AZB", "The Gulf Observer" va "The Europe Today" onlayn platformalari O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi "Barqaror o'rmon xo'jaligi asosida o'rmonzorlashtirish va o'rmon tiklash bo'yicha harakatlar dekadasi" rezolyutsiyani qabul qilgani to'g'risida yozdi.

Qayd etilganidek, rezolyutsiya Amazondan keyin dunyodagi ikkinchi eng katta tropik o'rmonga ega bo'lgan Kongo Respublikasi bilan birgalikda ilgari surildi.

Maqolalarda rezolyutsiyaga dunyoning barcha mintaqalaridan 80 dan ortiq davlat, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar va Bahrayn hammualliflik qilgani ta'kidlangan.

Matn O'zbekiston tashabbusi bilan 2024-yil avgust oyida qabul qilingan Degradatsiyaga uchragan va qurg'oqchil yerlarda o'rmonlarni barqaror boshqarish to'g'risidagi rezolyutsiya, shuningdek, ekologik konvensiya va BMTning O'rmonlar bo'yicha foruming muhim qarorlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Nashrlarda hujjat asosini Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan "Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yili" davlat dasturi, "Yashil makon" umummilliy loyihasi hamda "Markaziy Osiyoning "yashil" belbog'i" ko'chat ekish aksiyasi tashkil etishi ma'lum qilingan.

"Rezolyutsiyada 2027-2036-yillarni butun dunyo bo'ylab o'rmonlarni ko'paytirish va qayta tiklash bo'yicha harakatlar o'n yilligi deb e'lon qilish to'g'risida ma'lum qilingan. Shuningdek, o'rmonlarni ko'paytirish uchun kuch va resurslarni safarbar etishga chaqirilgan", – deb yozgan Pokiston OAV.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish