Rossiyaning Penza viloyatida qarovsiz qolgan o'n to'rt yoshli yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi
Avgust 21, 2024. 11:17 • 40 soniya
• 506
QOZON, 21-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Rossiyaning Penza viloyatida qarovsiz qolib ketgan o'n to'rt yoshli yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi" va Penza viloyati ombudsmani bilan birgalikda ushbu viloyatda qarovsiz qolib ketgan O'zbekistonning voyaga yetmagan fuqarosi R.L.ning yurtimizga qaytarish bo'yicha ishlar yakunlandi.
R.L. 19-avgust kuni yurtimiz diplomatlari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi" ko'magida Qozon–Moskva–Toshkent aviaqatnovi bilan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning 14-avgust kuni Rossiya hududlarida ota-onasi turli sabablarga ko'ra, ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan jami sakkiz nafar bolajonlar mamlakatimizning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko'magida O'zbekistonga olib kelingan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi