Rossiya hududlarida qarovsiz qolgan O'zbekiston bolalari Vatanga qaytarildi
Avgust 15, 2024. 18:48 • 30 soniya
• 719
NOVOSIBIRSK, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. Kecha Novosibirskdan ota-ona qaramog'isiz qolgan bir guruh O'zbekiston bolalari Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxona ko'magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston bolalari Sibir poytaxtiga to'plandi.
Qayd etish joizki, Bosh konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Shuningdek, bolalarni issiq ovqat bilan o'z vaqtida ta'minladi.
Ayni paytda ota-onasi turli sabablarga ko'ra, ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan jami sakkiz nafar bolajonlar O'zbekistonga sog'-salomat yetib olgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Vatandoshlar bilan mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi